avatar
Куч
2.40
Рейтинг
+1.67

Gaybullaev Erkinjon Xasan o'g'li

Мақолалар

Familiyani o'zgartirsa diplomga qanday ta'siri bor?

Блог им. erksamdchti

Fikr.uz ijodkorlari va muhlislari. Hammangizga salom. Sizlarga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Bir kishi menga savol bilan murojaat qildi. Uning aytishi bo'yicha u institutni bitirgan qizga uylanmochi ekanligini aytdi. Lekin bazi odamlar unga agar u qiz familiyasiini o'zgartirsa diplomi ahamiyatsiz yaroqsiz bo'lib qoladi deyishibdi. Shu gap to'grimi. Iltimos familiyani o'zgartirish tartibi va diplomdagi o'zgarish tartibi haqida malumot bersangiz

Arzonning kasofati

Блог им. erksamdchti
Гулистонда Ласетти автомашинаси портлаб кетдиСНПЧ МоскваCMS JoomlaРукн: ЖамиятКиритилди 28.01.2013 19:08Кўрилди: 1008 

AYQSH-Guliston2013 йил 28 январь куни соат кундузги 15 ларда Сирдарё вилояти, Гулистон шаҳрида жойлашган автомобилларга газ қуйиш шохобчасида портлаш содир бўлди. Метан газ баллони ўрнатилган Ласетти автомобилининг портлаши оқибатида ён-афтрофдаги яна 2 та автоуловга шикаст етган, қурбонлар йўқ.

Бир қатор интернет нашрлари тарқатган маълумотларга кўра, Ласетти автомобили баллонига газ қуйилаётган пайтда портлаш юз берган. Бунинг оқибатида автомобиль вайрон бўлган.

Бахтли тасодиф туфайли, машина эгаси омон қолган. Шохобчанинг икки ходими тан жароҳати билан Республика Шошилинч тез тиббий ёрдам марказининг Сирдарё вилояти филиалига олиб кетилган. 

Эслатиб ўтган йили ҳам шунга ўхшаш воқеа Тошкент шаҳрида ҳам содир бўлган эди. 2012 йилнинг 1 апрель Халқаро аэропорт кўприги ёнидаги MQ-Servis номли АЁҚШда ёнғин келиб чиқиши натижасида портлаш содир бўлган. 

  darakchi.uz

Talabaning karmoni: kim, nimaga, qancha sarflaydi

Блог им. erksamdchti
Talabaning karmoni: kim, nimaga, qancha sarflaydi?Chop etish uchunE-mailga yuborishTalabaning karmoni — bu buyum gohida to‘ladi, gohida bo‘m-bo‘sh qolishi mumkin. Biroq, har oyning boshida talaba karmoni to‘lishi aniq. Chunki, u bilim darajasiga qarab stipendiya oladi. Ya'ni «qoniqarli» o‘qib, 56-70 foizgacha ball to‘plagan talaba 44.600 so‘m, «yaxshi» o‘qib, 71-85 foizgacha fanlar so‘rog‘iga javob berganlar 67.700 so‘m, savollardan «a'lo» (86-100 foiz) o‘tganlar esa 89.900 so‘m stipendiyaga egalik qiladi.

Xo‘sh, talaba ushbu mablag‘ning qancha qismini o‘z bilimlarini boyitishga xarjlaydi-yu, qanchacini boshqa ehtiyojlariga sarflaydi.

Asosiy ulush: internet va uyali telefonga

Biz talabalar uchun stipendiyamizning eng ko‘p qismi internet va uyali telefonga sarflanishini ko‘pgina tengdoshlarim tasdiqlaydi. Bu yaxshi. Zero, talabaning bilim darajasi va qobiliyatini rivojlantirish uchun beriladigan mablag‘ning bir qismi har holda shu maqsad yo‘lida ishlatilyapti.

Bugungi tezkor davrda uyali aloqa vositasi ham talaba uchun juda zarur. Agarda u bekorchi, vaqtni behudaga sarflaydigan suhbatlarga xizmat qilmasa, albatta.  Tejalgan vaqtni bilim olishga sarflash o‘rinli. Bunda bizga internet yordamga keladi. Biz talabalar belgilangan fanlarni o‘zlashtirishimiz uchun ushbu axborot vositasidan turli ma'lumotlar, yangiliklarni olamiz. Albatta, sarflayotgan pulimizga achinmasak ham bo‘ladi. Sababi, u ma'naviy dunyoimizni boyitishga xizmat qiladi.


Всемирный банк: ВВП Узбекистана в 2013 году вырастет на 7,5%

Блог им. erksamdchti
Всемирный банк: ВВП Узбекистана в 2013 году вырастет на 7,5%Рост валового внутреннего продукта (ВВП) Узбекистана по итогам 2013 года может составить 7,5%. Об этом говорится в докладе Всемирного банка «Глобальные экономические перспективы на 2013 год», который был опубликован 16 января 2013 года.
Ташкент, Узбекистан (UzDaily.uz) —
Рост валового внутреннего продукта (ВВП) Узбекистана по итогам 2013 года может составить 7,5%. Об этом говорится в докладе Всемирного банка «Глобальные экономические перспективы на 2013 год», который был опубликован 16 января 2013 года.
Согласно прогнозу специалистов Всемирного банка, экономика Узбекистана в 2014 году вырастет на 7% и в 2015 году – на 6,8%. Как отмечается в докладе, рост ВВП Узбекистана по итогам 2012 года составил 8,2%.
По данным доклада, сальдо текущего счета составит 4,5% к ВВП в 2013 году и 4% в 2014 году, а также 3,8% в 2015 году. Данный показатель в 2012 году, по расчетам Всемирного банка, достиг 4,5%.
По данным Президента Узбекистана Ислама Каримова, экономика Узбекистана в 2012 году выросла на 8,2%. Правительство Узбекистана ожидает, что рост ВВП в 2013 году составит 8%.

Ob-havo

Блог им. erksamdchti
Ўтган ҳафтанинг катта қисми давомида Ўзбекистон ҳудуди бўйлаб қуруқ ва илиқ об-ҳаво кузатилди, ҳаво ҳарорати шу даврга хос бўлган нормадан 4-7 даража юқори бўлди.Тунги соатларда ҳарорат 0-2 даража илиқ атрофида, кундузи эса +10 +12 даража, жанубда +14 +16 даража атрофида бўлди.Бугун, 11 январь куни республика ҳудуди бўйлаб об-ҳаво ўзгара бошлади. Ҳамма жойда ёмғир кўринишидаги ёғинлар бўлиб ўтди, шимолда улар қорга айланди.Ўзгидромет бош синоптиги Ирина Зайцеванинг OLAM.uz таҳририятига берган маълумотига кўра, шанба куни Ўзбекистоннинг бутун ҳудуди бўйлаб қорга айланадиган ёмғирлар кутилмоқда. Тунда ҳаво ҳарорати 5-7 даражагача совиб кетади, кундузи термометр устуни -2 -4 ни кўрсатади. Шимолда кечаси 8-13 даража, кундузи -3 -8 даражагача совуқ бўлади. Якшанба куни ва келаси ҳафта бошида мамлакат бўйлаб ёғинлар кутилмаяпти. Ҳаво ҳарорати кечаси 2-7 даража совуқ, кундузи 2-7 даража илиқ атрофида бўлади.

Bizni kim o'qiyapti? yoxud Fikr.uz haqida FIKR

Блог им. erksamdchti
fikr uz sayti bizning fikrlarimizni yuzag achqishida eng asosiy manbalardan biriga aylandi. Uning geografik muhiti anchagina kengayib, bu yerda maqola chiqarish har bir kishining orzusiga aylanib bormoqda.Leki mening fikrimcha bu yerdda qilinadigan ish juda ham ko'p. Axir bu yerda xohlagan odam xohlagan saytdan manbasini hattoki ko'rsatmay malumot olsa, yoki bir oylab tayyorlanib ilhom parilaridan iltimos qilib ajoyib maqola yartayapti. Lekin na ijobiy fikrlar, na salbiy fikrlarni ko'ryapmiz. Axir har bir maqoladan keyin unaqa qarshi fikr yoki uni qo'llab quvvatlovchilar topilmasa unda maqolani yozib nima qilamiz. Bazi ajoyib maqolalar (hattoki u maqollar konferensiyalarda o'rin olgan). Men bu saytning kelajagini ko'rdim. U ajoyib marralarni zabt etadi. Lekin buning uchun administratorlar har bir maqolani o'qib fikr bildirishlari, uni pagega qo'yish yoki oib tashlash haqida yozuvchiga ma'lumot bersa va yozuchilar buning uchun jalb qilinsa juda yaxshi bo'lardi. Bu yerga yozuvchi har bir maqola egasi uning maqolasini kimdir o'qishini chin dildan xohlaydi. Buni yoddan chiqarmasligimiz kerak. Etiboringiz uchun raxmat 

Uff.uz сайтига хакер ҳужум қилди

Блог им. erksamdchti



uffuz-logoСўнгги пайтларда Uff.uz сайтига нисбатан хакерлик ҳуружлари, ғараз ниятлардаги скриптрларни «ёпиштириб» қўйиш ва бошқа шунга ўхшаган ҳолатлар кузатилаётган эди.

Сайт ходимлари унинг асл моҳиятини тушинишга ҳаракат қилиб, олдини олиш мақсадида курашиб келди. Айниқса, сўнгги пайтларда бу жудаям авжига чиқиб кетди ва сайтга нисбатан кўркўрона ҳуружлар бошланди. 
Шу йилнинг январь ойи бошларида 2012 йилнинг деярли ярим йиллик маълумотлари — архиви ўчириб юборилди. Сайтдаги бир қатор кўзга кўринган юзерларнинг никлари базадан «таг-туги» билан ўчириб ташланди. Бу ҳам етмагандек, Uff.uz сайтининг ресурсидан фойдаланиб felix.uz, lochinlar.uz, barg.uz каби Интернет манбаларни сунъий равишда кўтариш бошланди. Ташқи компьютерда ўтириб олиб, бошқа керакмас ишлар ҳам амалга оширилди. Бунинг натижасида емаган сомсага пул тўланганидек, Uff.uz сайти www.uz серверида рейтингдан чиқарилиб юборилди. Сайтнинг номини бўлғаш мақсадида айрим хабарларга ноъмақбул расмлар жойлаштириб қўйилди. 
Лекин, кўрилган чоралар ўз таъсирини берди ва ташқаридан уюштирилаётган хакерлик ҳуружига барҳам берилди. Натижада IP манзили 213.230.100.17 кўринишига эга бўлган фойдаланувчининг ғараз мақсадлари ойдинлашди. Ушбу кимсанинг барча қинғир ишларни амалга оширгани маълум бўлди. Айни пайтда унинг аниқ манзили ўрганилмоқда.
Uff.uz тегишли идоралар ва ҳуқуқ-тартибот органларига мурожаат қилди. Яқин вақт ичида ўша шахснинг номи фош этилади ва унинг хатти-ҳаракатлари тегишли ваколатли органлар томонидан кўриб чиқилади. 
Шу ўринда Uff.uz сайти маъмурияти юзага келган тушунмовчиликлар учун футбол ишқибозларидан, шу жумладан Миржалол Қосимовдан расман узр сўрайди.
Uff.uz сайти маъмурияти вазиятни ва мурожаатни тўғри тушиниб, www.uz рейтингига қайтарган  «UZINFOCOM — Компьютер ва ахборот технологияларини ривожлантриш ҳамда жорий этиш Маркази»га миннатдорчилик билдиради. 
manba darakchi.uz
 


Bizni kim o'qiyapti? yoxud Fikr.uz haqida FIKR

Блог им. erksamdchti
Bizni kim o'qiyapti? yoxud Fikr.uz haqida FIKR

fikr uz sayti bizning fikrlarimizni yuzag achqishida eng asosiy manbalardan biriga aylandi. Uning geografik muhiti anchagina kengayib, bu yerda maqola chiqarish har bir kishining orzusiga aylanib bormoqda.Leki mening fikrimcha bu yerdda qilinadigan ish juda ham ko'p. Axir bu yerda xohlagan odam xohlagan saytdan manbasini hattoki ko'rsatmay malumot olsa, yoki bir oylab tayyorlanib ilhom parilaridan iltimos qilib ajoyib maqola yartayapti. Lekin na ijobiy fikrlar, na salbiy fikrlarni ko'ryapmiz. Axir har bir maqoladan keyin unaqa qarshi fikr yoki uni qo'llab quvvatlovchilar topilmasa unda maqolani yozib nima qilamiz. Bazi ajoyib maqolalar (hattoki u maqollar konferensiyalarda o'rin olgan). Men bu saytning kelajagini ko'rdim. U ajoyib marralarni zabt etadi. Lekin buning uchun administratorlar har bir maqolani o'qib fikr bildirishlari, uni pagega qo'yish yoki oib tashlash haqida yozuvchiga ma'lumot bersa va yozuchilar buning uchun jalb qilinsa juda yaxshi bo'lardi. Bu yerga yozuvchi har bir maqola egasi uning maqolasini kimdir o'qishini chin dildan xohlaydi. Buni yoddan chiqarmasligimiz kerak. Etiboringiz uchun raxmat

O'zbek va yapon oilasi

Блог им. erksamdchti

Oila muqaddas maskan. U xayotimiz, baxtimiz timsoli, uning yaratuvchisidir. Millatning, xalqning madaniyati ham aynan o’sha muqaddas maskanda namoyon bo’ladi. Oila va undagi urf-odatlar har yerda qadrli. Ayniqsa bizning, o’zbek xalqining udumlari o’rnak bo’lsa arziydigan. Oilani bizdek muqaddas biladigan milllat, xalq bormi dunyoda!?
Kattaga xurmatda, kichikka izzatda bo’ladigan xalqimiz xonadon muhiti uchun ajoyib urflarni necha asrlardan beri saqlab kelayapdi. Umuman olganda sharq olami ana shunday tarix va zamonaviylikni uyg’unlashtirgan. Bugun bizning xalqimiz va kunchiqar yurt odatlari o’xshashliklari haqida so’z yuritamiz. Maqolani yozish davrida bunday muqobilliklar ko’pligidan xayron qolmadim, chunki bu ikki xalq o’zining yuksak madaniyati bilan butun dunyoga mashhur.
Birinchi va men tahsingasazovor topgan jihatlardan biri bu salomlashish odati hisoblanadi. O’zbek va yapon xalqi salomlashishga alohida e’tibor berishadi va uni hurmat, e’tibor belgisi sifatida ko’rishadi. Xalqimiz qo’llarini ko’ksiga qo’yib bu odatni amalga oshirishsa, yapon xalqi bir-birlariga ta’zim qilishadi. Bizda ham egilib salom berish odati bor: oilaga yangi kelin bo’lib tushgan qiz ko’p vaqtlar davomida oila a’zolari va begonalarga ham aynan egilib salom berishadi.
Bizning og’riqli nuqtamiz bo’lgan va “o’zimizcha” urf qilib olgan, lekin ko’pchilikka zaiyon yetkazadigan qarindoshlar o’rtasidagi nikohga yapon xalqi qarshi ekanligi quvonarli. Ularda judayam kam bunday holatlar borligiga havas qilasan kishi. Shuning uchun ham ularda nogironlar va qobiliyatsiz tug’ilganlarni uchratish qiyin. 
Yaponlar ham xuddi bizlardek oilaviy yashash muhitiga ega. Ya’ni ayol kishi uy ishlari, bolalarning o’qishi va barcha ichki muyammolarni o’z bo’yniga oladi. Erkaklar esa moddiy ta’minotni o’z bo’yniga olarkan. Uylanishda ham o’sha jihatlarga e’tibor berishadi.
Oilada hamma bir joyda bo’lib ovqatlanish ko’pchilik xalqlarga xos. Shu jumladan o’zbek va yapon xalqida ham. Bizlar ham yaponlar ham uyning eng keksa yoki yoshi ulug’ kishisini kutishadi va aynan o’sha kishi taomni birinchi bolib boshlab beradi. Katta ulug’ kishi kelganda ikki millat vakilari ham turib qarshi olishadi va o’sha kishidan keyingina joylashishadi.
Ba’zida biz etibor bermagan jihatlar ham biz uchun yaxshi odatga aylangan. Masalan mehmonga borasiz va sizni qarshi olishadi, mehmon qilishadi. Qaytib chiqganingizda oyoq kiyimingiz tartibli holda joyi o’zgartirilgan bo’ladi. Yaponlar ham uy egalaridan o’zining oyoq kiyimi to’g’irlab qo’yilishini kutishadi. Mehmonda bo’lganingizda sizga ichimlik tavsiya qilishadi. (choy, qahva, sharbat) Siz idishni bo’shatsangiz, mezbon yana idishni to’ldirib qo’yadi. Mehmonni doim idishi to’liq turishi yapon xalqining go’zal odati ekanligi tahsinga sazovor.
Bizda jajji chaqaloq dunyoga bir olam quvonch bilan dunyoga keladi. U biz va kunchiqar yurt vakillari uchun ham oila va baxt tayanchidir. Uning g’amxo’rligi uchun ayollar butun umrini sarflashi ham ikki millat o’xshashligi belgisidir. O’zbek oila a’zosi uzoq yerga borsa o’sha yerdan sovg’a salom bilan qaytadi. Yaponlarda saqlangan odat ham xuddi shunday. Faqat ular sovg’aning qimmat bo’lmasligini talab qilishar ekan.
Ikki millat ham bir ishni boshlashdan oldin. Oilaning eng yoshi ulug’ duosi va maslaxatini olishadi. Keksalarni ulug’lashadi. Bu xalqlarning bir-biridan o’tganadigan va bir-biriga o’rgatadigan jihatlari judayam ko’p. Biz bu odatlar har oilaga yanada chuqurroq teranroq kirib borishini va abadiy saqlanishini tilaymiz.
 

Ўзбекистон ФИФА рейтингида 67 ўринга чиқиб олди

Блог им. erksamdchti
Ўзбекистон ФИФА рейтингида 67 ўринга чиқиб олди


Халқаро футбол федерацияси – ФИФА терма жамоаларнинг янги рейтинг жадвалини эълон қилди. Унга кўра, Ўзбекистон миллий терма жамоаси ўтган ойга нисбатан 2 поғона юқорилаб 67-ўринга чиқиб олди.

ФИФАнинг янги рейтинг жадвалида Ўзбекистон 513 очкога эга бўлиб турибди. Бу ўтган, ноябрь ойидаги очкодан 23 тага кўп деганидир. Ўзбекистон терма жамоаси ҳамон Осиё миқёсида кучли бешликда бормоқда. Биздан олдин Япония (22), Жанубий Корея (35), Австралия (36) ва Эрон (59) бор. 
Умумий рейтингда ЕВРО-2012 ғолиби бўлган Испания терма жамоаси пешқадамлик қилмоқда. Ундан кейинги ўринларда Германия ва Аргентина терма жамоалари ўрин олган. Колумбия терма жамоаси 3 поғона кўтарилиб 5-ўринга чиқиб олди. Португалия эса аксинча 3 поғона пастлади. Фақат ўртоқлик учрашувларини ўтказаётган Бразилия терма жамоаси эса 5 та поғона пастлаб 18-ўриндан жой олган. 

Ўтган ҳафтанинг иккинчи ярмидан Ўзбекистон бўйлаб синоптиклар томонидан ваъда қилинган аёзли об-ҳаво кузатилди.

Блог им. erksamdchti
Ҳаво ҳарорати кечаси 7-10 даража совуққача тушиб кетди, баъзи жойларда термометр -12 -14 даражани, кундузи 4-7 даража совуқни кўрсатди. Қорақалпоғистон, Хоразм вилояти ва чўл зонасида аёзли совуқлар кечаси -15 -20, кундузи 10-15 даража совуққа етди.

Ўзгидромет бош синоптиги Ирина Зайцеванинг OLAM.uz таҳририятига берган маълумотига кўра, худди шундай совуқ ҳаво республика бўйлаб шу ҳафтанинг биринчи ярмида ҳам сақланиб туради.

Бугун, 17 декабрь куни жанубий ҳудудларда, 18 декабрь куни эса Ўзбекистоннинг катта қисмида қор ёғади. 

Совуқ антициклон ҳафтанинг иккинчи ярмидан чекина бошлайди. Ҳарорат аста-секин кўтарилади ва дам олиш кунларига келиб, аёзли ҳаво кечаси 0-3 даражагача пасаяди, кундузи эса +3 +8 даражагача илиқ бўлади.

Якшанба куни Ўзбекистон ҳудуди бўйлаб нисбатан юқори ҳарорат фонида ёғинлар бўлиши мумкин.

СМИ: Конец света все-таки будет, но через год

Блог им. erksamdchti

Именно в этот день, по оценкам специалистов, так называемая «планета дьявола» будет проходить между Землей и Солнцем






Конец света все же настанет, только не в 2012-м, а через год. Названа даже точная дата — 14 февраля 2013 года. Именно в этот день, по оценкам специалистов, так называемая «планета дьявола» будет проходить между Землей и Солнцем, пишет Direct/News.
В результате этого, как предрекают некоторые ученые, магнитные полюса нашей планеты сместятся, будут массовые землетрясения и цунами. Стоит, правда, уточнить, что большинство специалистов скептически или даже резко негативно относятся к этой информации.
Однако по другим данным, «планету дьявола» можно будет увидеть на небе в Северном полушарии уже 21 декабря 2012 года. А удаляться от Земли объект начнет только 1 июля 2014 года. Сложно представить, какие катаклизмы ждут человечество в этот период.